Bizning yondashuvimiz inson huquqlarini himoya qilish va huquqlari poymol qilingan shaxslarning qadr-qimmatini tiklashga asoslangan. Biz zo‘ravonlikka qarshi kurashni amaliy yordam va tizimli o‘zgarishlarni talab qiluvchi murakkab vazifa deb bilamiz.
Har bir insonning huquqlarini himoya qilish uning qadr-qimmatini tiklash, xavfsiz va munosib hayot kechirishi uchun imkoniyatlar yaratishning yagona yo‘lidir.
Biz sezilarli yutuqlarga erishdik, ammo zo'ravonlik haqiqatimizning bir qismi bo'lib qolmasligi uchun hali ko'p ish qilish kerak.
2001-yilda tashkil etilgan “Istiqbolli avlod” Respublika ijtimoiy-axborot markazi bugungi kunda O‘zbekistondagi zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari, jumladan, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, odam savdosi, zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurashuvchi yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlaridan biridir.
“ISTIQBOLLI AVLOD” nodavlat notijorat tashkiloti 2001-yilda tashkil etilganidan buyon oʻz oldiga bitta ulkan maqsadni qoʻygan: zoʻravonlikning barcha koʻrinishlariga barham berishga koʻmaklashish va undan jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish.