- tibbiy va ijtimoiy yordam olish uchun samarali yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yildi;
- OIV holati ilk bor aniqlangan 600 dan ortiq shaxslar maslahat va kuzatuv bilan qamrab olinib, davolash jarayoniga, shu jumladan antiretrovirus terapiyaga (ART) jalb etildi;
- xizmatlarga bo‘lgan ishonch darajasi hamda mijozlarning ishtiroki sezilarli darajada oshdi.
Hamkorlik va jamoaSamaradorlikning asosiy omili – hamkorlikdir.
Biz davlat tashkilotlari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaymiz. Bu xizmatlar uzluksizligini ta’minlash va qamrovni kengaytirish imkonini beradi.
Bizning jamoamiz tayyorlangan autrich xodimlari va maslahatchilardan iborat bo‘lib, ular orasida asosiy guruhlar vakillari ham mavjud.
Bu esa yordamni yanada qulay, ishonchli va aholining real ehtiyojlariga yo‘naltirilgan qiladi.
Bizning jamoamiz o‘quv-amaliyotdan o‘tgan autrich xodimlari va maslahatchilardan iborat bo‘lib, ular orasida maqsadli guruh vakillari ham faoliyat yuritadi.
Bu esa yordamni yanada qulay, ishonchli hamda aholining real ehtiyojlariga yo‘naltirilgan holda taqdim etishga xizmat qiladi.