FOYDALANISH IMKONIYATI. ISHONCH. MAXFIYLIK.
INSON DIQQAT MARKAZIDA.
Samarqand viloyatida OIV epidemiyasini nazorat qilish modeli
Biz qanday ishlaymiz
Loyiha autrich-ishlar, raqamli texnologiyalar va kompleks hamrohliknibirlashtiradi.
Autrich-xodimlar asosiy guruhlar vakillariga maʼlumot olish, testdan oʻtish vatibbiy yordam uchun murojaat qilishda koʻmaklashadi.
Veb-autrich ijtimoiy tarmoqlar, Telegram-guruhlar, mavzuga oid chatlar vaonlayn-platformalar orqali insonlar bilan ular uchun qulay va maxfiy muhitdaishlash imkonini beradi.
Zarur hollarda insonga testdan oʻtish jarayonida hamrohlik, tibbiymuassasalarga yoʻllanma, psixologik va huquqiy maslahat beriladi.
Raqamli yechimlar
Loyiha maqsadli guruhlar bilan oʻzaro hamkorlikning raqamli kanallarini, elektron hisob yuritish vositalarini va axborot materiallarini rivojlantiradi.
OIVga oʻzini oʻzi testdan oʻtkazish imkoniyatini kengaytirish maqsadida«Yandex» kompaniyasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi va testni hivtest.uz orqali buyurtma qilish boʻyicha video-yoʻriqnoma tayyorlandi.
Natijalarimiz
Loyiha amalga oshirilayotgan 2025 yil sentyabridan 2026 yil iyuligacha boʻlgandavrda:
556 nafar inson autrich-ishlar bilan qamrab olindi
1104 nafar inson maslahat oldi
184 nafar inson OIVga testdan oʻtdi, shundan 4 nafari OIV+
52 nafar inson tibbiy yordam olish uchun yoʻnaltirildi
50 nafar inson psixologik va/yoki huquqiy koʻmak oldi
Loyiha, shuningdek, NNTlar va tibbiy muassasalar oʻrtasidagi hamkorliknimustahkamlaydi hamda xizmatlarni taqdim etish va hisobga olishning raqamlimexanizmlarini rivojlantiradi.
Hamkorlikdagi ish yordam koʻrsatishning izchil yoʻlini — birinchi muloqot vatestdan oʻtishdan boshlab davolanish va keyingi qoʻllab-quvvatlashgacha.
Bizning vazifamiz — insonga nafaqat oʻz OIV-maqomini bilishga yordamberish, balki testdan oʻtishdan tibbiy yordam, davolanish va qoʻllab-quvvatlashga oʻz vaqtida oʻtishini taʼminlash.
Moliyaviy koʻmak: Qozogʻistondagi «Xalqaro dasturlar markazlari» korporatsiyasi filiali (ICAP Kazakhstan)
Hamkorlar: ICAP, Respublika OITS markazi, Samarqand viloyati OITS markazi va boshqa hamkorlar.
Maqsad — 95–95–95
Loyiha uchta asosiy koʻrsatkichga erishishga koʻmaklashadi:
- OIV bilan yashovchi insonlarning 95 foizi oʻz OIV-maqomini biladi;
- OIV aniqlangan shaxslarning 95 foizi tashxis qoʻyilganidan keyin 7 kun ichidaARTni boshlaydi;
- ART qabul qilayotgan bemorlarning 95 foizi virus supressiyasiga erishadi.
Amalga oshirish davri: 2025 yil avgust — 2027 yil dekabr
2025 yil avgust oyidan Samarqand viloyatida OIV profilaktikasi va nazoratiga, testdan oʻtish imkoniyatini kengaytirish hamda oʻz vaqtida davolanishgaqaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
Loyiha markazida — inson va uning yoʻli testdan oʻtish va OIVaniqlanishidan boshlab davolanishni boshlash, virus supressiyasiga erishishva zarur qoʻllab-quvvatlashni olishgacha.
OIV bilan yashovchi insonlarga, asosiy guruhlar vakillariga, shuningdek, stigma va diskriminatsiyani kamaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.