- Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun talabalar orasida OIV bilan yashayotgan shaxslarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani kamaytirishga qaratilgan o‘quv moduli ishlab chiqildi;
- Ayollar va yoshlarni, xususan OIV bilan yashayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan, shuningdek turli xizmatlar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan yanada do‘stona hamda qo‘llab-quvvatlovchi yondashuvlarni joriy etish yuzasidan Xotin-qizlar va bolalar ishlari qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi;
- OIV bilan yashayotgan 136 nafar ayol va yoshlar uchun individual psixologik konsultatsiyalar, shuningdek diskriminatsiya, xizmatlardan foydalanish va huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha 26 ta yuridik konsultatsiya taqdim etildi.
Loyiha OIV bilan yashayotgan ayollar va qizlarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani kamaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
U nafaqat amaliy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishga xizmat qildi, balki ochiq muloqot, ta’lim va hamkorlikni rivojlantirish orqali uzoq muddatli o‘zgarishlar uchun asos yaratdi.
Loyiha stigma va diskriminatsiyani kamaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.U nafaqat insonlarga qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish imkonini berdi, balki muloqot, ta’lim va hamkorlik orqali uzoq muddatli o‘zgarishlar uchun asos yaratdi.