Loyiha kompleks yondashuv asosida tashkil etilgan bo‘lib, u kasallikni aniqlashdan tortib to‘liq sog‘ayishgacha bo‘lgan barcha asosiy bosqichlarni qamrab oladi.
Aniqlash va skriningFaoliyat aholi hamjamiyatlari darajasida – shaxslar xavf omillari bilan bevosita to‘qnash keladigan joylarda amalga oshiriladi.
- sil xavflarini xaritalash amalga oshiriladi
- xonadonlar darajasida muntazam skrining tashkil etiladi
- ijtimoiy va outreach xodimlar jalb etiladi
- ko‘p tarmoqli (shifokor, psixolog, ijtimoiy xodim) jamoalar shakllantiriladi
- olis hududlarni ham qamrab olgan holda mobil skrining kampaniyalari o‘tkaziladi.
Davolash va kuzatib borishMuhim jihat shundaki, kasallikni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, bemorning davolanish kursini to‘liq yakunlashiga ko‘maklashishdan iborat.
- psixo-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi
- bemorlar davolanishning barcha bosqichlarida kuzatib boriladi
- terapiyani to‘xtatib qo‘yish xavflarini kamaytirishga ko‘maklashiladi.
ProfilaktikaProfilaktika – kasallik tarqalishini kamaytirishning asosiy omili hisoblanadi.
- himoya choralari va profilaktika usullari to‘g‘risida axborot beriladi
- kontaktda bo‘lgan shaxslar bilan ish olib boriladi
- profilaktik davolanishdan o‘tishga ko‘maklashiladi
- aholi hamjamiyatlarida xabardorlik darajasi оширилади.
InnovatsiyalarBiz zamonaviy yechimlarni joriy etamiz:
- bemorlarni monitoring qilish va boshqarish uchun raqamli platformalar
- ish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi vositalar
BarqarorlikLoyiha faqat joriy natijalarga emas, balki uzoq muddatli o‘zgarishlarga ham qaratilgan:
- mutaxassislar va hamjamiyat vakillarini o‘qitamiz
- tibbiyot muassasalari va NNTlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiramiz
- ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish tizimlarini rivojlantiramiz